The Central Asia Program at the Institute for European, Russian, and Eurasian Studies (IERES) is pleased to announce that we are seeking our second cohort of exceptional individuals to join the prestigious Uzbekistan Reform Support Fellowship. This initiative is a core part of CAP Uzbekistan: Pathways of Reform and Development.
This initiative brings together six fellows from Uzbekistan for an intensive three-month, in-person program in Washington, D.C. (February 15–May 15 2027).
The fellowship is designed to:
- Generate innovative ideas for Uzbekistan’s reform and development agenda;
- Strengthen the expertise of Uzbekistan-based professionals;
- Foster collaboration among fellows and international experts;
- Provide a prominent platform for intellectual exchange in Washington, D.C
To date, CAP has supported more than 100 early- and mid-career experts and researchers from across Central Asia, including Uzbekistan. This fellowship builds on that record by providing fellows with specialized training, mentorship, publication opportunities, and direct access to Washington’s vibrant policy community.
Each fellow will produce a Policy Brief on their chosen research topic and present their findings
PROGRAM DETAILS
- Duration: February – May 2027
- Stipend: $4,000 per month (per fellow, includes insurance and visa costs)
- Travel Support: $1,600 (per fellow)
ELIGIBILITY
Applicants must:
- Be based in Uzbekistan;
- Hold a Master’s degree or higher with at least five years of professional experience;
- Be professionally fluent in English;
- Provide two professional references;
- Demonstrate a proven record of publications (priority will be given to candidates with strong research/writing experience).
Fellowship Themes
Applicants may propose research projects in one of the following priority areas:
- Business Environment and Economic Freedom
- Education Reform and Capacity-Building
- Urbanization, Road Safety, and Infrastructure Development
- Women’s Economic Empowerment
- Demographic Trends and Their Economic Implications
- Strengthening Uzbekistan–United States Relations and Cooperation
Application Process
Applicants should complete the online application form and upload the following materials:
- Curriculum Vitae (CV) in English;
- Research proposal (2–3 pages);
- Letter of motivation.
Selected candidates will be invited for an online interview in English.
- Application Deadline: October 20, 2026
- Decision Notification: November 3, 2026
For more information or questions, please contact infocap@gwu.edu. Learn more about the Uzbekistan Reform Support Program.
Arizalar uchun tanlov eʼlon qilinadi: Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha stipendiya (2027-yil bahor)
Yevropa, Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari institutining (IERES) Markaziy Osiyo dasturi (CAP) O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha nufuzli stipendiya dasturida ishtirok etish uchun yetuk mutaxassislarning ikkinchi guruhini saralash boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Ushbu tashabbus CAP Uzbekistan:Islohotlar va taraqqiyot yoʻllari dasturining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ushbu tashabbus doirasida oʻzbekistonlik olti nafar ishtirokchi Vashington shahrida uch oylik (2027-yil 15-fevral – 15-may) kunduzgi dasturda oʻz malakalarini oshiradi.
Mazkur stipendiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat:
• Oʻzbekistondagi islohotlar va uning taraqqiyoti kun tartibi uchun yangicha gʻoyalar oʻylab chiqish;
• oʻzbekistonlik mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash;
• stipendiya ishtirokchilari va xalqaro ekspertlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
• Vashington shahrida intellektual tajribalarni almashish uchun yetakchi platforma taqdim etish.
Shu kunga qadar CAP dasturi Markaziy Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistondan kelgan 100 dan ortiq mutaxassis va tadqiqotchilarga yordam ko’rsatgan. Bu stipendiya shu anʼanani davom ettirib, ishtirokchilarga ixtisoslashtirilgan taʼlim, trenerlik koʻnikmalari, nashr etish imkoniyatlari hamda Vashingtonning faol ekspertlar hamjamiyati bilan bevosita ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Har bir ishtirokchi oʻzi tanlagan tadqiqot mavzusi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma (Policy Brief) tayyorlaydi va unda oʻz xulosalarini taqdim etadi.
DASTUR TAFSILOTLARI
• Davomiyligi: 2027-yil fevral – may
• Stipendiya: oyiga $4 000 (har bir ishtirokchi uchun, sug’urta va viza xarajatlarni o’z ichiga oladi)
• Yoʻlkira xarajatlari uchun: $1 600 (har bir ishtirokchi uchun)
MABLAG‘ OLISH HUQUQI
Ariza beruvchilar quyidagi talablarga javob berishi zarur:
• Oʻzbekistonda yashashi;
• Magistr yoki undan yuqori ilmiy darajaga hamda kamida 5 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi;
• Ingliz tilini professional darajada mukammal bilishi;
• Kasbiy faoliyati boʻyicha ikkita tavsiyanoma taqdim qilishi;
• Nashr etilgan ishlarini koʻrsatishi (tadqiqot va nashrlar boʻyicha kuchli tajribaga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
Stipendiya uchun koʻzda tutilgan mavzular
Nomzodlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzlarining tadqiqot loyihalarini taklif qilishlari mumkin:
• Biznes muhiti va iqtisodiy erkinlik
• Taʼlim islohotlari va salohiyatni oshirish
• Urbanizatsiya, yoʻl harakati xavfsizligi va infratuzilmani rivojlantirish
• Xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
• Demografik tendensiyalar va ularning iqtisodiy oqibatlari.
• O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlash
Ariza topshirish jarayoni
Ariza topshiruvchilar tegishli onlayn shaklni toʻldirishlari va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari kerak boʻladi:
• ingliz tilidagi rezyume (CV);
• tadqiqot taklifi (2-3 bet);
• Motivatsiya xati.
Saralab olingan nomzodlar ingliz tilida onlayn suhbatga taklif etiladi.
• Ariza topshirish muddati: 2026 yil 20-oktyabr
• Natijalar haqida xabar berish: 2026 yil 3-noyabr
Batafsil maʼlumot olishni istasangiz yoki savollaringiz boʻlsa, ushbu email orqali biz bilan bogʻlaning: infocap@gwu.edu. Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi haqida koʻproq maʼlumot olish.
