The Central Asia Program at the Institute for European, Russian, and Eurasian Studies (IERES) is pleased to announce that we are seeking our second cohort of exceptional individuals to join the prestigious Uzbekistan Reform Support Fellowship. This initiative is a core part of CAP Uzbekistan: Pathways of Reform and Development.
This initiative brings together six fellows from Uzbekistan for an intensive three-month, in-person program in Washington, D.C. (February 15–May 15 2027).
The fellowship is designed to:
- Generate innovative ideas for Uzbekistan’s reform and development agenda;
- Strengthen the expertise of Uzbekistan-based professionals;
- Foster collaboration among fellows and international experts;
- Provide a prominent platform for intellectual exchange in Washington, D.C
To date, CAP has supported more than 100 early- and mid-career experts and researchers from across Central Asia, including Uzbekistan. This fellowship builds on that record by providing fellows with specialized training, mentorship, publication opportunities, and direct access to Washington’s vibrant policy community.
Each fellow will produce a Policy Brief on their chosen research topic and present their findings
PROGRAM DETAILS
- Duration: February – May 2027
- Stipend: $4,000 per month (per fellow, includes insurance and visa costs)
- Travel Support: $1,600 (per fellow)
ELIGIBILITY
Applicants must:
- Be based in Uzbekistan;
- Hold a Master’s degree or higher with at least five years of professional experience;
- Be professionally fluent in English;
- Provide two professional references;
- Demonstrate a proven record of publications (priority will be given to candidates with strong research/writing experience).
Fellowship Themes
Applicants may propose research projects in one of the following priority areas:
- Business Environment and Economic Freedom
- Education Reform and Capacity-Building
- Urbanization, Road Safety, and Infrastructure Development
- Women’s Economic Empowerment
- Demographic Trends and Their Economic Implications
- Strengthening Uzbekistan–United States Relations and Cooperation
Application Process
Applicants should complete the online application form and upload the following materials:
- Curriculum Vitae (CV) in English;
- Research proposal (2–3 pages);
- Letter of motivation.
Selected candidates will be invited for an online interview in English.
- Application Deadline: October 20, 2026
- Decision Notification: November 3, 2026
For more information or questions, please contact infocap@gwu.edu. Learn more about the Uzbekistan Reform Support Program.
Arizalar uchun tanlov eʼlon qilinadi
Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha stipendiya
Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari institutining (IERES) Markaziy Osiyo dasturi (CAP) oʻzining “CAP Oʻzbekiston: Islohotlar va taraqqiyot yoʻllari” (“CAP Uzbekistan: Pathways of Reform and Development”) loyihasi doirasida oʻtkaziladigan Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ilk stipendiyasini (”Uzbekistan Reform Support Fellowship”) mamnuniyat bilan eʼlon qiladi.
Ushbu tashabbus doirasida oʻzbekistonlik besh nafar ishtirokchi AQSHning Vashington shahrida uch oylik (2027-yil fevral-aprel oylarida) kunduzgi dasturda oʻz malakalarini oshiradi.
Mazkur stipendiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Oʻzbekistondagi islohotlar va uning taraqqiyoti kun tartibi uchun yangicha gʻoyalar oʻylab chiqish;
- oʻzbekistonlik mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarini mustahkamlash;
- stipendiya ishtirokchilari va xalqaro ekspertlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
- Vashington shahrida intellektual tajribalarni almashish uchun yetakchi platforma taqdim etish.
Shu kunga qadar CAP dasturi Markaziy Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistondan kelgan 100 dan ortiq mutaxassis va tadqiqotchilarga yordam ko’rsatgan. Yangi stipendiya shu anʼanani davom ettirib, ishtirokchilarga ixtisoslashtirilgan taʼlim, trenerlik koʻnikmalari, nashr etish imkoniyatlari hamda Vashingtonning faol ekspertlar hamjamiyati bilan bevosita ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Har bir ishtirokchi oʻzi tanlagan tadqiqot mavzusi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma (Policy Brief) tayyorlaydi va unda oʻz xulosalarini taqdim etadi.
Dastur tafsilotlari
- Davomiyligi: 2027-yil fevral – aprel oylari
- Yashash xarajatlariga stipendiya: oyiga $4 000 (har bir ishtirokchi uchun)
- Yoʻlkira xarajatlari: $1 600 (har bir ishtirokchi uchun)
Tanlov uchun talablar
Ariza beruvchilar quyidagi talablarga javob berishi zarur:
- Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi;
- magistr yoki undan yuqori ilmiy darajaga hamda kamida 5 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi;
- ingliz tilini mukammal bilishi;
- kasbiy faoliyati boʻyicha ikkita tavsiyanoma taqdim qilishi;
- nashr etilgan ishlarini koʻrsatishi (tadqiqot va nashrlar boʻyicha kuchli tajribaga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
Stipendiya uchun koʻzda tutilgan mavzular
Nomzodlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzlarining tadqiqot loyihalarini taklif qilishlari mumkin:
- Biznes muhiti va iqtisodiy erkinlik
- Taʼlim islohotlari va salohiyatni oshirish
- Urbanizatsiya, yoʻl harakati xavfsizligi va infratuzilmani rivojlantirish
- Xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
- Demografik tendensiyalar va ularning iqtisodiy oqibatlari.
Ariza topshirish jarayoni
Ariza topshiruvchilar tegishli onlayn shaklni toʻldirishlari va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilishlari kerak boʻladi:
- ingliz tilidagi rezyume (CV);
- tadqiqot taklifi (2-3 bet);
- motivatsiya xati.
Saralab olingan nomzodlar ingliz tilida onlayn suhbatga taklif etiladi.
- Ariza topshirish muddati: 2026-yil 20-oktabr
- Natijalar haqida xabar berish: 2026-yil 3-noyabr
Batafsil maʼlumot olishni istasangiz yoki savollaringiz boʻlsa, ushbu email orqali biz bilan bogʻlaning: infocap@gwu.edu. Oʻzbekistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi haqida koʻproq maʼlumot olish.
